logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

APL chempioni yaqin soatlar ichida Saudiya chempionatiga o'tadi

 6 SENTYABR, 2023, 17:00

"Everton" yarim himoyachisi Demaray Grey faoliyatini Saudiyaning "Al Ittifoq" klubida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, transfer summasi 10 million dollarni (taxminan 9,3 million evro) tashkil qiladi. Greyning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “Everton” safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yamaykalik vingerni 20 million evroga baholamoqda.

Grey 2021 yilning o'rtalaridan beri "Everton" sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq u "Bayer", "Lester" va "Birmingem" klublarida o'ynagan. "Tulkilar" tarkibida yarim himoyachi Angliya chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR