logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ" prezidenti: "Kampush bilan ikki oy davomida kuniga 20 soatdan to'xtovsiz ishladik"

 6 SENTYABR, 2023, 16:48

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy o'tgan yozda klub sport direktori Luish Kampush bilan ko'p ishlaganini tan oldi. Eslatib o'tamiz, parijliklar jamoasi transfer bozorida deyarli 350 million evro sarfladi.

"Aytishim mumkinki, yozda Luish Kampush va men ikki oy davomida kuniga 20 soatdan to'xtovsiz ishladik. O'ylaymanki, endi hamma bu ajoyib ishning natijasini ko'rishi mumkin", - dedi Al-Xelayfiy Record Portugal bilan suhbatda.

350 million evrolik transferlarga qaramay, yozda "PSJ" o'z futbolchilarini 149 million evroga sotdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR