logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ" Verattini EChL uchun ro'yxatdan o'tkazmadi

 6 SENTYABR, 2023, 16:00

"PSJ" UEFAga Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun ariza topshirdi. Jurnalist Fabris Xokinsning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, ro'yxatidan yarim himoyachi Marko Verratti va hujumchi Ugo Ekitike joy olmagan.

Aytish joizki, so'nggi haftalarda Verrattiga Qatarning "Al-Arabi" jamoasi faol qiziqish bildirmoqda. Italiyalik yarim himoyachi "PSJ" ustozi Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan. Ekitike esa yozda "Ayntraxt"ga o'tish ehtimoli bordek tuyuldi, ammo kelishuv amalga oshmadi.

"PSJ" Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Borussiya Dortmund", "Milan" va "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR