logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

David Luis Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

 6 SENTYABR, 2023, 15:48

Hozirda Braziliyaning "Flamengo" klubida o'ynayotgan 36 yoshli himoyachi David Luis Evropaga qaytishi mumkin.

Todofichajes nashri xabariga ko'ra, "Beshiktosh" klubi tajribali futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Turkiya grandi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar janubiy amerikalik futbolchining transferini rasmiylashtirmoqchi. Turkiyada transfer bozorining oxirgi muddati 8 sentyabrgacha.

Luisning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi.

Evropada David "Benfika", "Chelsi", "PSJ" va "Arsenal" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. U 2021 yilda "Flamengo"ga o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR