logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kepa: "Ikki qo'ng'iroqdan keyin "Real"ga o'tdim"

 6 SENTYABR, 2023, 14:06

Madridning "Real" klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga Karlo Anchelotti jamoasiga o'tishi tafsilotlari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik posbon "Qirollik klubi"ga Londonning "Chelsi" jamoasidan ijara asosida o'tgan edi. Shartnoma sotib olish optsiyasini o'z ichiga olmaydi.

"Men ikki telefon qo'ng'irog'idan so'ng "Real"ga o'tdim. Bitim bir necha soat ichida yopildi. Bunday jamoada o'ynash imkoniyati har kuni ham bo'lavermaydi", - dedi darvozabon Madrid Zone bilan suhbatda.

Kepa Ispaniya chempionatida "Real Madrid" safida ikkita o'yin o'tkazdi va bitta gol o'tkazib yubordi. Eslatib o'tamiz, Arrisabalaga ijarasi uchun "qirollik klubi" bir million evro to'lagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR