logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:16
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xyoness Alonsoga qiziqish haqida: "Tuxel bilan uzoq yillik loyiha ishlab chiqqanmiz"

 6 SENTYABR, 2023, 14:00

"Bavariya"ning faxriy prezidenti Ole Xyoness "Bayer" ustozi Xabi Alonso kelajakda myunxenliklar jamoasini boshqarishga qodirmi degan savolga javob berdi.

Xyonessning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" uzoq muddatli hamkorlik rejalashtirilgan jamoaning hozirgi murabbiyi Tomas Tuxel bilan yaxshi munosabatda.

"Biz birgalikda kelgusi yillarda samarali hamkorlikka erishmoqchimiz. Biz boshidanoq ajoyib munosabatlarga ega edik", - dedi Xyoness Sport Bild bilan suhbatda.

Joriy Germaniya chempionatining 3-turidan so'ng Alonso boshchidigidagi "Bayer" turnir jadvalida "Bavariya" bilan peshqadamlikni bo'lishib turibdi. Har ikki jamoada to'qqizdan ochko bor.

Eslatib o'tamiz, Alonso futbolchi sifatida Myunxen klubida o'ynagan. Ispaniyalik yarim himoyachi “Bavariya” safida 117 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR