logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Aslida "Chelsi" o'z futbolchisini "Lion"ga sotmoqchi bo'lganligi ma'lum bo'ldi

 6 SENTYABR, 2023, 13:48

"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Kristian Pulishich o'tgan yozda "Lion"ga o'tishi mumkin edi, ammo amerikalik futbolchi "Milan"ga o'tishni talab qildi. Bu haqda Calcio Mercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Chelsi" Pulishichni aynan Frantsiyaga sotmoqchi bo'lgan, chunki "Lion" transfer uchun ko'proq pul taklif qilgan. Shunga qaramay, vingerning o'zi Italiya klubini tanladi.

Joriy mavsumda 24 yoshli Pulishich "Milan" safida uchta o'yin o'tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ayni damda A Seriyaning 3 turida 9 ochko jamg'argan “rossonerilar” turnir jadvalida “Inter” bilan qo'shhokimlik o'rnatgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR