logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gallas: "Arsenal" Xavertsni sotib olib xato qildi"

 6 SENTYABR, 2023, 13:48

"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Uilyam Gallas o'tgan yozda "Chelsi"dan "kanonirlar" safiga 75 million evro evaziga ko'chib o'tgan Kay Xavertsni sotib olishning maqsadga muvofiqligiga shubha qildi.

"Ayni damda Xaverts unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmayapti. U "Arsenal"ga o'tganida hayron bo'ldim. Klub boshqa bir futbolchini sotib olishi mumkin edi. Kayga maydonda o'ziga mos pozitsiya topish juda qiyin. "Arsenal"ning o'yin uslubi "Chelsi"niki emas, shuning uchun Xavertsga hozir qiyin. Nima bo'lgan taqdirda ham, Kay "Arsenal"da muvaffaqiyat qozona olmaydi deb o'ylamayman", - dedi Gallas Football Tweet bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Gallas o'z faoliyatida "Arsenal"dan tashqari "Chelsi" va "Tottenxem"da ham o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR