logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Karvaxal: "PSJ" Mbappeni tarkibdan chetlatganida, biz uni "Real"ga o'tadi deb o'ylagandik"

 6 SENTYABR, 2023, 13:42

"Real Madrid" himoyachisi Dan Karvaxal o'tgan yozda jamoasi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishiga ishongan edi. Eslatib o'tamiz, hujumchining parijliklar bilan shartnomasi tugashiga hali bir yil bor, shundan so'ng futbolchi erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin.

"Men transfer sodir bo'ladi deb o'yladim. "PSJ" uni Yaponiyadagi mavsumoldi turnesidan chetlatganida, biz transferga yaqin deb o'ylagandik. Biz "Real"dan kelgan frantsuzlardan Mbappe ularga biror narsa aytdimi, deb so'radik. Ular yo'q deyishdi", - dedi Karvaxal Relevo bilan suhbatda.

"PSJ" Mbappe uchun 200 million evro miqdorida tovon puli talab qildi. Bir yildan so'ng Kilian tekinga o'tishi mumkinligini inobatga olib, "Real" bunday pulni to'lamoqchi emasdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR