logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kepa: "Ko'pchilik Mbappeni "Real"ga o'tadi deb o'ylagandi"

 6 SENTYABR, 2023, 13:36

Madridning “Real” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga hujumchi Kilian Mbappening “Santyago Bernabeu”ga o'tishi nega yana muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" frantsiyalik futbolchini sotmoqchi edi, biroq shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydigan futbolchining transferi uchun hech kim 200 million evroga yaqin pul to'lashga tayyor emas edi.

"Transfer oynasi boshida ko'plab mish-mishlar tarqaldi. Ko'pchilik bu transfer hali ham amalga oshadi deb o'ylagandi, lekin men "Real"ga kelganimda hammasi boshqacha bo'ldi. Transfer oynasining so'nggi ikki haftasi juda tinch o'tdi", - dedi Kepa Marca bilan suhbatda.

Mbappe kelasi yozda "Real"ga tekinga o'tishi ehtimoli bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR