logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Krkich "Barselona"ga qaytmoqda

 6 SENTYABR, 2023, 13:30

"Barselona" jamoasining sobiq hujumchisi Boyan Krkich "ko'k-anorranglilar" tarkibiga ishga kiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. U Deku boshchiligidagi sport bo'limida ish boshlaydi.

Boyan boshqa klublarda ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" yoshlarini kuzatib boradi. Bundan tashqari, uning vazifalariga akademiya talabalarini asosiy jamoaga o'tkazish kiradi.

Krkich "Barselona" futbol maktabi bitiruvchisi. Futbolchilik faoliyati davomida u Evropaning ko'plab klublarini o'zgartirdi. Faoliyatining oxirida hujumchi MLS va Yaponiya chempionatida o'ynadi. Ispaniya terma jamoasida bitta o'yin o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR