logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Uebb: "Manchester Siti"ning "Fulxem" darvozasiga urgan ikkinchi goli bekor qilinishi kerak edi"

 6 SENTYABR, 2023, 13:30

"Manchester Siti"ning APLni 4-turida "Fulxem"ga qarshi o'yindagi ikkinchi goli bekor qilinishi kerak edi. Bu haqda Premer-liga hakamlari rahbari Xovard Uebb aytib o'tdi.

"Gol bekor qilinishi kerak edi. O'sha paytda Akanji darvozabon Bernd Lenoga bosim o'tkazayotgandi. Hakamlar brigadasi buni darhol ko'rmagan bo'lishi mumkin, ammo o'yinni takroriy tomosha qilganda, darvozabon ikkilanib turgani aniq. U to'p Akanjiga tegib ketmasligini kutayotgan edi", - dedi Uebb Daily Mail bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqargan. Bellashuv Manchester shahrida bo'lib o'tdi va Xosep Gvardiola jamoasining 5:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR