logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" sobiq himoyachisi: "Tushunmadim, nima uchun "Chelsi" Amrabat bilan shartnoma imzolamadi?"

 6 SENTYABR, 2023, 12:30

"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Frank Lebyof nima uchun uning sobiq jamoasi Italiyaning "Fiorentina"sidan "Manchester Yunayted"ga o'tgan tayanch yarim himoyachi Sofyan Amrabat bilan shartnoma imzolamaganini tushunmayapti.

"Amrabatning "Manchester Yunayted"ga o'tganini eshitib, "Chelsi" yarim himoyani chinakamiga yaxshilay oladigan tajribali o'yinchilarga nega e'tibor bermadi, deb o'yladim. Nega ular bu futbolchini e'tiborga olishmadi? Sofyan Entso Fernandes uchun mukammal sherik bo'lardi. Ha, "Chelsi" Moyses Kaysedo bilan shartnoma imzoladi, ammo uning narxi 100 million evrodan oshdi. Amrabat ijaradan keyin 30 millionga sotib olinishi mumkin edi”, - deya Lebyof so'zlarini keltiradi Football Tweet.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR