logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Tchuameni Mbappening "Real"ga o'tish imkoniyatini baholadi

 6 SENTYABR, 2023, 12:24

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening “qirollik” klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Bunday transfer amalga oshishi mumkin. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Dunyoning ko'plab klublari Kilianni sotib olmoqchi. Ayni paytda u "PSJ" futbolchisi, shuning uchun bu haqda hali muhokama qilishning hojati yo'q. "Real Madrid" hozirda yaxshi tarkibga ega", - deydi yarim himoyachi.

Mbappe yozda "Real"ga o'tishga tayyor edi, ammo yakunda frantsiyalik futbolchi Parijda qoldi. Hujumchining "PSJ" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR