logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:49
KirishA'zo bo'lish
Pogba Mourino ishdan ketgach nimalar dedi?

20 DEKABR, 13:50 363

MYudagi mojaro murabbiyning iste’fosi bilan yakun topdi.

Britaniya nashrlari "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning bosh murabbiy Joze Mourino iste’foga chiqqach qanday holatga tushganini aniqlashdi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisning ishdan ketganidan mamnun ekanligini yashirmagan. U buni iste’fodan so‘ng o‘tkazilgan tonggi mashg‘ulotlar paytida barchaga sezdirib qo‘ygan.

“Mourino meni ahmoq qilishga va muxlislarni menga qarshi qilib qo‘yishiga ishongan edi, ammo u buni uddalay olmadi”, -degan frantsiyalik futbolchi mashg‘ulotlar davomida.
Ammo, vaqtinchalik bosh murabbiy Maykl Karrik bu so‘zlardan so‘ng unga ogohlantirish bergan.

Eslatib o‘tamiz, Pogba Mourino bilan kelisholmay qolgach, so‘nggi uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazadigan bo‘lib qolgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34