logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:23
KirishA'zo bo'lish
"Atletiko" "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

20 DEKABR, 13:47 294

Mere faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Madridning “Atletiko” klubi “Kyoln” himoyachisi Xorxe Mere uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” sport direktori Andrea Berta ushbu masala yuzasidan 21 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bog‘langan. Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchiga shuningdek “Barselona”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Mere joriy mavsum “Kyoln” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning tovon puli esa 30 mln evroni tashkil etadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24