logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:45
KirishA'zo bo'lish
​Neymar 36 ta kompaniya bilan ishlayotgani ma'lum bo'ldi

11 DEKABR, 23:33 176

PSJ hujumchisi Neymar jahonda eng mashhur sportchilardan biri hisoblanadi.

The Sun nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik forvard 36 ta etakchi brend kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu brend homiy tashkilotlar Neymarga yiliga 15 million funt daromad keltirmoqda. Asosiy homiy sanalgan Nike braziliyalik yulduz bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan va kelishuvni yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.

Instagramdagi obunachilari soni bo'yicha, PSJ etakchisidan faqatgina Ronaldu oldinda boryapti. Bu borada Lionel Messi, Devid Bekhem va Lebron Jeyms kabi taniqli sportchilar Neymardan anchagina ortda qolib ketishgan.

Forbes malumotlariga ko'ra, 2018 yilda Neymar reklamaning o'zidan 15 million funt ishlab olgan. Bundan tashqari, parijliklar safida bir mavsum uchun 37 million funt daromad olishi belgilab qo'yilgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31