logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Messi dubl qilgan bahsda "Inter Mayami" yirik hisobda g'alaba qozondi

 26 IYUL, 2023, 07:00

"Inter Mayami" Liga kubogi 2-bosqichi doirasida "Atlanta"ni mag'lub etdi - 4:0. Uchrashuv Fort Loderdeyldagi PNK stadionida bo'lib o'tdi.

8-daqiqada jamoa sardori Lionel Messi hisobni ochdi. Birinchi bo'lim o'rtalarida u dubl qayd etdi. Tanaffus oldidan finlyandiyalik yarim himoyachi Robert Teylor hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo'lim boshida Messi Teylorga dubl qilishda yordamlashdi. 78-daqiqada esa Leo almashtirildi.

Uchrashuv yakunida Kristofer MakVey chetlatilishidan keyin “Inter Mayami” ozchilikda qoldi.

"Inter Mayami" ikkita o'yinda ikkita g'alaba bilan pley-offga chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR