logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:04
KirishA'zo bo'lish
Isko uchun davogarlar soni oshmoqda

11 DEKABR, 23:13 136

«Real» yarimhimoyachisi Isko yanvarda jamoani tark etishi mumkin.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan kelisholmayapti. Primera 13-turidan o'rin olgan «Eybar»ga (0:3) qarshi o'yindan so'ng, u bosh murabbiyga qo'l uzatmagan edi. Keyinchalik, futbolchi Chempionlar Ligasidan o'rin olgan «Roma»ga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushirilmadi.

Ayni paytda futbolchining xizmatiga «Yuventus», «Manchester Siti», «Bavariya», «Chelsi» va «Monako» klublari qiziqmoqda. Uning transfer narxi 90 million evroga baholanyapti.

Joriy mavsumda Isko 16ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22