logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappe va "Al-Hilol" o'rtasidagi muzokaralar boshlandi

 26 IYUL, 2023, 07:00

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening vakillari "Al-Hilol" bilan 24 yoshli frantsiyalik futbolchining Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin bo'lgan muzokaralarni boshladi.

AS xabariga ko'ra, tomonlar shartnoma muddatini muhokama qilishmoqda. Futbolchi bir yillik shartnoma tuzib, keyin "Real"ga o'tishni istamoqda, klub esa ikki yillik shartnomaga umid qilmoqda.

24 iyul kuni “Al-Hilol” hujumchi uchun “PSJ”ga 300 million evro taklif qilgani, Mbappening o'zi esa yiliga 700 million evro to'lashga va kelasi yozda “Real”ga tekin o'tishni kafolatlashga tayyorligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Hujumchining "PSJ" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Biroq futbolchi uni yangilash niyatida emas, bu esa futbolchini transferga qo'ygan va uni Yaponiya bo'ylab turnega olib chiqmagan klub rahbariyatiga yoqmadi. Transfermarkt.com saytida Mbappening narxi 180 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR