logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Raul Ximenes "Fulxem" a'zosiga aylandi

 26 IYUL, 2023, 04:11

Raul Ximenes "Vulverxempton"dan "Fulxem"ga ko'chib o'tdi.

London klubi 32 yoshli hujumchining transferini e'lon qildi. U yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Fabritsio Romanoning fikricha, transfer summasi 5,5 million funtni tashkil qilgan.

Oldinroq jamoa Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga o'tishga yaqin turgan Aleksandr Mitrovich o'rniga Ximenesni sotib olishayotgani xabar qilingandi.

Premer-liganing 2022/23 yilgi mavsumida Ximenes 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR