logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:47
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
Angliya liga kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

 20 DEKABR, 09:40 181

Yarim finalda ham London derbisini ko‘ramiz.

Avval xabar berganimizdek kecha Angliya liga kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan bahslar o‘z nihoyasiga etdi.

Unga ko‘ra "Tottenxem", "Manchester Siti", "Chelsi" hamda "Byorton Albion" jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra kecha ushbu jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra muxlislar 1/2 finalda "Tottenxem" va “Chelsi” ishtirokida London derbisiga guvoh bo‘lishadi. Ikkinchi yarim final juftligida esa "Manchester Siti" quyi divizion vakili hisoblangan "Byorton Albion"ga qarshi bahs yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya liga kubogining amaldagi g‘olibi bu “Manchester Siti” klubi hisoblanadi. “Shaharliklar” o‘tgan mavsum finalda “Arsenal”ni 3:0 hisobida taslim etishgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 29