logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ" hujumchisi Al-Xelayfiyning g'azabini qo'zg'atdi

 2 SENTYABR, 2023, 17:42

"PSJ" hujumchisi Ugo Ekitike va uning agentlari Randal Kolo-Muanining transferini deyarli izdan chiqarib yuborishi bilan klub prezidenti Nosir Al-Xelayfining g'azabini qo'zg'atdi. Bu haqda L'Equipe nashriga asoslanib, Footmercato xabar bermoqda.

Ekitike Kolo-Muanini "Ayntraxt"dan "PSJ"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvning muhim qismi bo'lishi kerak edi, chunki nemis klubi transfer oynasi yopilishida uning o'rniga o'rinbosar topmasdan muhim futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortdi. Shunga qaramay, Ekitike va uning agentlari bu variantni bloklab qo'yishdi - hujumchini Bundesligada o'ynash qiziqtirmadi. Bundan tashqari, futbolchi vakillarining so'zlariga ko'ra, "Ayntraxt"ning Ekitikega bo'lgan talabi ko'proq Kolo-Muani narxini oshirish usuliga o'xshardi.

Oldinroq Ekitike Angliyaning "Vest Xem" va "Kristal Pelas" klublaridan voz kechib, Parijda qolish uchun hamma narsani qilgandi. Frantsiya ommaviy axborot vositalari Ugoning Al-Xelayfiy bilan janjalidan keyin parijliklar tarkibida juda kam o'yin daqiqalari olishiga ishonmoqda.

21 yoshli Ekitike joriy mavsumda "PSJ" safida Liga 1da 8 daqiqa harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR