logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mourino "Roma" bilan 73 yildagi eng yomon startni ko'rsatdi

 2 SENTYABR, 2023, 12:36

“Roma” Italiya A Seriyasida so'nggi 73 yildagi eng yomon startni ko'rsatdi. Portugaliyalik bosh murabbiy Joze Mourino shogirdlari uchta o'yinda ikkita mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi va bir marta durang o'ynadi.

Football Italia jurnalistlarining fikriga ko'ra, bu Rim klubining 1950/1951 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi, o'shanda "bo'rilar" milliy chempionat startidagi barcha uchta o'yinda mag'lub bo'lgan.

Uch turdan keyin "Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida atigi 18-o'rinni egallab turibdi. Mourino shogirdlari navbatdagi o'yinni o'z maydonida “Empoli”ga qarshi o'tkazadi. O'yin 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR