logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:06
KirishA'zo bo'lish
Zanetti: “Mourino “taxt”ga tezroq qaytmoqchi”

19 DEKABR, 20:42 252

“Inter” klubi vice-prezidenti Xaver Zanetti portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning MYU bosh murabbiyligini tark etganiga izoh berdi.

U shuningdek milanliklar hujumchisi Mauro Ikardining shartnomasini uzaytirishi borasidagi ham to'xtaldi.

“Mourino uchun hammasi bu taxlit tugaganidan afsusdaman. U bir necha bor kuchli mutaxassis ekanligini isbotlagan. Barcha murabbiylar faoliyatida shunday “qora chiziq”lar bo'ladi. Ammo men Jozeni bilaman. U tez orada o'z “o'rni”ga qaytadi. CHunki biz uni bunday holatda ko'rib o'rganmaganmiz.

Ikardi? Har bir kishi o'z ishiga hurmat bilan yondoshishi lozim. Eng muhimi Mauro “Inter”da baxtli. U o'z o'yini bilan buni isbotlamoqda. Barcha uning o'yinidan, harakatlarida xursand bo'lmoqda”, deya Zanettining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere dello Sport.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25