logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:46
KirishA'zo bo'lish
“Arsenal” yanvarda Navasni xarid qilishga urinib ko'radi

19 DEKABR, 19:36 238

Londonning “Arsenal” klubi “Real” posboni Keylon Navasga qiziqish bildirmoqda.

Fichajes.netnashrining xabariga ko'ra, 32 yoshli posbonni jamoaga qo'shib olishni shaxsan “to'pchilar” ustozi Unai Emeri rahbariyatdan so'ragan. SHuningdek, ushbu posbonga Italiya va Franciya klublaridan ham takliflar bor. Ammo Navas qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirmasligi mumkin. Sababi 2019 yilning yanvarida uni oilasida farzand dunyoga kelishi kutilmoqda. Darvozabon esa bu vaqtda jamoa almashtirishni istamasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida “Real”ga “CHelsi”dan belgiyalik posbon Tibo Kurtua 35 million evroga xarid qilingach, Navas asosiy tarkibdan chetda qolib kelmoqda.

Navas 2014 yildan buyon qirollik klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida u klub bilan Ispaniya chempioni va uch marta ECHLda g'olib chiqishga ulgurdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24