logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:05
KirishA'zo bo'lish
"Lokomotiv": Bu hali boshlanishi

19 DEKABR, 19:19 308

"Lokomotiv" futbol klubi har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan, yuqori ambiciyalarga ega jamoa.

Bugun klub o'z tarkibini Yovan Jokich, Filipp Rayevac va Azizbek Haydarov bilan kuchaytirib oldi. SHuningdek, yangi mavsum startiga qadar yana bir necha yuqori saviyali futbolchilar "temiryo'lchilar" azosiga aylanadi. Ular ham "Lokomotiv" sharafini munosib himoya qilishadi. Bu shunchaki boshlanishi.

"Loko" keyingi mavsumni yuqori saviyada o'tkazish uchun 8-23 yanvar kunlari BAAda yig'in tashkil qiladi. Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston termasiga chaqirilgan "Lokomotiv" futbolchilari ushbu yig'inda qatnashmaydi. Qolgan barcha futbolchilar bir tan-u bir jon bo'lib, yangi mavsum uchun tayyorlanishadi.

So'nggi yillarda "Lokomotiv" futbol klubida katta o'sish kuzatildi. "Loko" ketma-ket uch marta O'zbekiston chempionligini, 2 marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Bularning barchasi jamoaga etibor yaxshi ekanligidan, barcha o'z ishiga sidqidildan yondashayotganidan dalolat beradi. SHu boisdan ayta olamizki, yangi mavsumda ham "temiryo'lchilar"ning Osiyo CHempionlar ligasida yurtimiz shanini munosib himoya qilish, O'zbekiston CHempionligini yana bir bora qo'lga kiritish va O'zbekiston kubogiga ega chiqish kabi maqsadlari o'zgarmaydi.

Hozir klubdagi barcha inson bir yo'lda birlashgan va yuqori maqsadlar uchun ish olib borishmoqda.

Turli xil saytlarda jamoamiz haqida yangrayotgan yangiliklarga ishonmaslikni so'rab qolamiz. CHunki klub rahbariyati har doim futbolchilar, murabbiylarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 17