logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Cherchesov "Al-Ahli"dan tushgan taklifga munosabat bildirdi

 25 IYUL, 2023, 19:44

Rossiyalik mutaxassis Stanislav Cherchesov xizmatlariga Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi qiziqayotgani haqida OAVda ma'lumot paydo bo'ldi. Bu xabarlarga rossiyalik mutaxassis fikr bildirdi.

"Ferentsvarosh"dan ketganimdan so'ng, menga bir qancha klublar, jumladan, xorijiy klublar vakillari qo'ng'iroq qilishdi. Ammo, men sizga intervyuda aytganimdek, qaror qabul qilishga shoshilmayman", - dedi Cherchesov "Sport-Ekpress" nashriga.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Chempionlar ligasini tark etgach, Vengriyaning "Ferentsvarosh" murabbiyligidan bo'shatilganidan keyin ishsiz yuribdi.

Bungacha 59 yoshli mutaxassis poytaxtning “Spartak” va “Dinamo”, Polshaning “Legiya” va boshqa klublarini boshqargan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR