logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Luis Suares «Inter Mayami»ga o'tish uchun o'z shartnomasini «Gremio»dan sotib olmoqchi

 25 IYUL, 2023, 18:44

Urugvaylik futbolchi Luis Suares Lionel Messi ortidan “Inter Mayami”ga o'tmoqchi.

ESPN nashri xabariga ko'ra, Suares hozirgi jamoasi “Gremio”dan shartnomasini qolgan qismini sotib olib, faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Amerika klubi ham Lionel Messi, Serxio Buskets hamda Xordi Alba transferlaridan so'ng, urugvaylik hujumchi transferi bo'yicha ham ish olib bormoqda. Biroq, Braziliya klubi Luisni qo'yib yuborish istagida emas.

Bu esa hujumchi va klub o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi sabab bo'lgan. Suares jamoaning so'nggi o'yini qaydnomasiga kiritilmagan. O'yindan so'ng “Gremio” bosh murabbiyi Renato Gausho matbuot anjumanida Suaresning taqdiri haqida gapirishdan bosh tortgan.

Braziliya jamoasi futbolchiga ultimatum qo'ygan: yo shartnomasini to'liq sotib olish yoki shu bitim oxiriga qadar o'ynab berish. Luis Suaresning “Gremio” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil dekabriga qadar mo'ljallangan. Agar Luis o'z shartnomasiga to'lov qiladigan bo'lsa, 10 million dollar atrofida to'lab berishi lozim bo'ladi.

Undan tashqari Luis hozirda 36 yoshda va doimiy jarohatlar tufayli faoliyatini yakunlash haqida o'ylab yurgandi. Endi esa sobiq jamoadoshlari yig'ilgan “mini-Barselona”ga o'tish uchun o'z shartnomasiga o'zi sotib olishga ham tayyor.

Eslatib o'tamiz, “Inter Mayami” Lionel Messi va Serxio Busketsni o'z safiga qo'shib oldi. Bir necha kundan so'ng esa Xordi Alba transferini ham e'lon qildi. Luis Suares ushbu futbolchilar bilan “Barselona”da birga to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR