logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:10
KirishA'zo bo'lish
"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Klub tizimida 14 nafar xorvatiyalik ishlayapti"

19 DEKABR, 16:15 152

BAAning "Al Ayn" klubi o'z tarixida ilk bor klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi.

Kecha bo'lib o'tgan yarim final bahsida "Al Ayn" Argentinaning "River Pleyt" klubi bilan 2:2 o'ynadi va penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyin "Al Ayn" bosh murabbiyiZoran Mamichshogirdlari bilan faxrlanishini aytib o'tdi:

"Men nihoyatda xursandman. Maydonda nimalar bo'lganini tushunmay qoldim. Ha, biz finaldamiz! Bunga ishonish qiyin, lekin biz buni uddaladik. 15 kun ichida 5ta o'yin o'tkazdik, ammo charchoq nimaligini his qilmayapmiz. Endi bor etiborni finalga qaratamiz".

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonlaridan shu paytgacha faqat ikkita jamoa 2013 yil "Raja Kasablanka" va 2016 yil "Kashima Antlers" finalda o'ynagandi. Bu borada "Al Ayn" uchinchi klub bo'ldi. Agar bugun "Kashima" "Real"ni mag'lub etsa, final Osiyo derbisiga aylanadi.

"Biz bu musobaqaning Xorvatiyasi emasmiz,- deydi "Al Ayn" ustozi. -CHunki Xorvatiya jahon chempionati finalida yutqazib qo'ydi, men esa mag'lub bo'lishni xohlamayman. Lekin Xorvatiya mamlakati fuqarosi sifatida terma jamoam bilan faxrlanaman. "Al Ayn"ning ushbu muvaffaqiyatida xorvatiyaliklar qo'shayotgan hissa juda katta. Avvalgi hamkasbim Zlatko Dalich menga ajoyib jamoa qoldirib ketdi. Hozir klub tizimida 14 nafar hamyurtim ishlayapti".

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20