logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:34
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Samvel Babayan: "Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"

 31 AVGUST, 2023, 04:48

Superliga 18-turida o'z uyida OKMK bilan durang o'ynagan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan durang, avvalgi o'yinlardagi omadsizlik, yaratilayotgan vaziyatlar va uchta frontdagi kurash haqidagi savollarga javob berdi.

“Bugun ham o'yinda katta ustunlikka ega bo'lgan holda g'alaba qozona olmadik. Har o'yinda raqiblarga qaraganda ustunroq harakat qilayapmiz, etarlicha va keragidan ortiq hatto vaziyatlar yaratayapmiz, ammo ularni golga aylantira olmayapmiz. Bilmayman, bu nima bilan bog'liq. To'p shunchaki darvozaga kirmayapti. Hozir hatto futbolchilarni ham tanqid qila olmayman, bunga sabab yo'q. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz holos”, - dedi Babayan.

“Jizzaxda ham shunday bo'lgandi. Vaziyatlar etarli, ammo, shunchaki foydalana olmayapmiz. Charchoq yoki ruhiy kamchilik? Bilmayman. Men buni charchoq bilan bog'lamagan bo'lardim. OChLdagi ekstra-taymlargacha davom etgan o'yindan so'ng Jizzaxda ham raqibga nisbatan ko'proq vaziyat yaratdik. Qaytaraman, shunchaki vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz”.

“Biz o'zimiz qatnashayotgan musobaqalarning barchasida hali kurashayapmiz. Hamon kurashdamiz. Bugun ko'rayapsizki, barcha kurashmoqda. Oson g'alaba qozona olmaysiz. Jamoalar har bir ochko uchun kurashmoqda. Bugungi jamoalar orasidagi turli intrigalarni unutib faqat futbol haqida o'ylash kerak. Biz ham hali kurashamiz”.

“Oston bugun qancha golli vaziyatlar yaratdi. Bir emas, beshta gol urishi mumkin edi. Psixologik tomonlama muammo bordir. Bilmayman. Chempionatimiz ancha qiziqarli o'tayapti. Bugun barcha jamoalarda imkoniyat bor. Barchasi oldinda”.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR