logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:26
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Bavariya" prezidenti: "Keyn bizga va Bundesligaga foyda keltiradi"

 25 IYUL, 2023, 17:44

"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner Myunxen klubi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Menimcha, Bundesligada xalqaro yulduzlar unchalik ko'p emas. "Bavariya" har doim klub va Bundesligani yaxshilash uchun yulduzlarni jalb qilishga harakat qiladi. Xarri Keyn - juda jozibali futbolchi, Angliya terma jamoasi sardori va to'purari. U bizga va Bundesligaga foyda keltiradi", - dedi Xayner Kicker bilan suhbatd.

2022/23 yilgi mavsumda Keyn "Tottenxem" safida barcha turnirlar doirasida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR