logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi» va «Siti» Palmerning transferi borasida kelishuvga erishishdi

 30 AVGUST, 2023, 22:54

«Manchester Siti» himoyachisi Koul Palmer faoliyatini «Chelsi»da davom ettiradigan bo'ldi. Klublar 21 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishdi.

Insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, londonliklar Palmer uchun 40 million funt to'lashadi. Qo'shimcha bonuslar evaziga ushbu summa yana 5 million funtga oshishi mumkin.

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham mazkur transferga o'z roziligini bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR