logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! "Barselona" qiziqish bildirgan futbolchi Portugaliya chempionatiga o'tdi

 30 AVGUST, 2023, 22:42

Lissabonning "Sporting" klubi o'zining rasmiy saytida o'ng qanot himoyachisi Ivan Fresnedani "Valyadolid"dan sotib olganini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Fresnedaning shartnomasida tovon puli 80 million evroni tashkil etadi.

"Bu buyuk klub vakili bo'lish va bu libosni kiyish men uchun katta faxr. Yangi bosqichni boshlaganimdan juda xursandman va undan to'liq bahramand bo'lishni istayman" - dedi Fresneda klub matbuot xizmatiga.

Aytish joizki, yozgi transfer oynasi vaqtida Ivan Fresnedaga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR