logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:11
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Barselona» afsonalari Markaziy Osiyo faxriylariga qarshi o'yinda yirik hisobda g'alaba qozondi

 30 AVGUST, 2023, 22:36

“Barselona” afsonalari va Markaziy Osiyo faxriylari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yini 30 avgust, chorshanba kuni bo'lib o'tdi.

Kataloniya klubi Qirg'izistonda o'z akademiyasini ochdi. Ochilish marosimida Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov, kataloniyaliklar rahbari Xoan Laporta, shuningdek, klub afsonalari bo'lgan Karles Puyol va Rivaldo ishtirok etdi.

Jalol-Obodda akademiya ochilishi munosabati bilan “Barselona” afsonalari va Markaziy Osiyo yulduzlari ishtirokida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. O'zbekiston vakili sifatida Server Jeparov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev kabi faxriylar ishtirok etdi. Shuningdek, Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov ham Markaziy Osiyo faxriylari tarkibida harakat qildi.

Hozirda O'FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan sobiq hakam Ravshan Ermatov o'yinni boshqarib bordi.

Uchrashuv “Barselona” afsonalarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Kataloniyaliklar safida Rivaldo, Sorin va Saviola o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

O'rtoqlik o'yini, 30 avgust
Markaziy Osiyo faxriylari — “Barselona” afsonalari 0:3
Gollar: 0:1 — 26 Rivaldo, 0:2 — 37 Sorin, 0:3 — 80 Saviola.
Markaziy Osiyo faxriylari: 1. Zokir Jalilov, 3. Talant Samsaliev, 4. Ruslan Sidiqov, 5. Igor Avdeev, 6. Andrey Karpovich, 7. Muxsin Muhammadiev, 8. Server Jeparov, 9. Valeriy Berezovski, 10. Azamat Abduraimov, 11. Sadir Japarov, 12. David Loriya, 14. Bashir Said, 15. Faysal Xalil, 16. Leonid Koshelev, 17. Xurshed Mahmudov, 19. Xodadad Aziziy, 20. Azamat Ishenbaev, 21. Kanat Sardarov, 22. Baxtiyor Ashurmatov, 77. Aybek Alibaev, 88. Samat Smakov.
“Barselona” afsonalari: 1. Xesus Mariano Angoygil, 2. Xuliano Haus Belletti, 3. Edgar Davids, 5. Karles Puyol, 5. Xuan Moreno, 6. Roberto Gayoso, 7. Jon Lasa, 7. Xavier Saviola, 8. Lyudovik Jyuli, 10. Jovanni dos Santos, 10. Rojer Garsiya, 10. Rivaldo, 11. Jofre, 13. Albert, 20. Xuan Pablo Sorin, 23. Fransisko Koko.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR