logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Cherchesov Saudiya chempionatida ish boshlashi mumkin

 25 IYUL, 2023, 17:22

Vengriyaning "Ferentsvarosh" klubi sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Roberto Firmino va Eduard Mendi o'ynayotgan "Al-Ahli" jamoasini boshqarishi mumkin.

"Match TV" telekanalining ma'lumotlariga ko'ra, 59 yoshli mutaxassis o'z kelajagi haqida qaror qabul qilishga shoshilmayapti.

"Uning "Ferentsvarosh"da maqsadlari va vazifalari bor edi, ularga erishishni rejalashtirgan edi, shuning uchun u hali hech kim bilan muzokaraga kirishmadi. Stanislav Salamovich juda printsipial inson. Hozir esa u shoshqaloq qarorlar qabul qilmaydi", — dedi manba.

Eslatib o'tamiz, Cherchesov Chempionlar ligasi saralashining birinchi bosqichini tark etgach, Vengriya klubi bosh murabbiyligidan bo'shatilgan edi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR