logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:25
KirishA'zo bo'lish
Klopp «Manchester Siti»ni to'xtatishga qodir yagona jamoani ko'rsatdi

19 DEKABR, 11:18 985

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub faqat bitta raqibga etibor qaratish bilangina cheklanib qolmayotganini takidladi. «Qizillar» hozir APL jadvalida «shaharliklar»ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda etakchilik qilmoqda.

«Biz «Manchester Siti»ning natijalari haqida o'ylab yurganimiz yo'q. Bir kunda chempionat taqdirini hal etib bo'lmaydi. Hozir dekabr, «Tottenhem» bizdan bor-yo'g'i 6 ochkoga ortda qolyapti. «Chelsi» va «Arsenal» shu qadar yaqin turgan vaziyatda barcha narsa sodir bo'lishi mumkin.

Nega endi biz o'zimizni xuddi «Manchester Siti»ning yo'liga to'g'anoq bo'la oladigan yagona jamoadek his qilishimiz va faqat bitta raqib haqida o'ylashimiz kerak? Ochig'ini aytsam, «Manchester Siti»ni «Manchester Siti»dan boshqasi to'xtata olmaydi. Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz va iloji boricha ko'proq ochko jamg'arishga intilishimiz kerak», – deb aytgan Kloppdan iqtibos keltirdi The Telegraph.

APLda 4 yanvar kuni «Manchester Siti»–«Liverpul» o'yini bo'lib o'tadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28