logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:13
KirishA'zo bo'lish
«MYu» bosh murabbiy tayinlovi haqidagi elonni rasmiy saytidan o'chirib tashladi

19 DEKABR, 10:18 157

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoaning sobiq hujumchisi Ule-Gunnar Sulsher kecha istefoga chiqarilgan Joze Mourinoning o'rniga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini yozdi, ammo oradan ko'p o'tmay xabar o'chirib tashlandi.

Rasmiy saytda EChLning 1999 yilgi finalida Sulsher tomonidan «Bavariya» darvozasiga urilgan gol videosi joylashtirilgan, uning ostiga quyidagi so'zlar bitilgan edi: «Olening karerasidagi eng mashhur oqshom. Sulsher vaqtinchalik bosh murabbiy bo'ladi, u bundan 20 mavsum muqaddam «Kamp Nou»da klubning treblga erishishiga ushbu goli bilan yordam bergan edi».

.

.

(Eslatma sifatida: 1998/99 yillar mavsumida «MYu» Angliya chempionati va kubogini qo'lga kiritib, EChLda ham g'olib chiqqan edi).

Bundan tashqari, Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg hamyurtini o'z Twitter sahifasida tabriklab, shunday yozgan edi: «Norvegiya futboli uchun buyuk kun. «Qizil iblislar» boshqaruvida omad yor bo'lsin, @olegs26_ole».

.

Etiborlisi, vazir xonim ham keyinroq o'z postini o'chirib yuborgan.

Avvalroq The Guardian nashri Ule-Gunnar Sulsherning tayinlovi payshanba kuni elon qilinishi haqida xabar berganedi. Nashrga ko'ra, hozirda Norvegiyaning «Molde» klubini boshqarayotgan 45 yoshli mutaxassis mavsum oxiriga qadar Manchesterda faoliyat yuritadi. Yozda mankunianliklar rahbariyati «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni jamoaga taklif etishni rejalashtirgan.

.

Malumot uchun, Sulsher 1996-2007 yillarda «MYu» sharafini himoya qilgan va 6 karra Angliya chempioni bo'lib, klub rasmiy saytida eslab o'tilganidek - bir marta EChLda g'olib chiqqan. U murabbiylik faoliyatini «MYu» zaxira jamoasini shug'ullantirishdan boshlagan.

Norvegiyalik murabbiyga 56 yoshli Mayk Felan assistent sifatida tayinlanishi kutilyapti. Ushbu mutaxassis Aleks Fergyuson davrida 14 yil mobaynida ushbu lavozimda ishlagan.

Eslatib o'tamiz, kecha istefo haqida elon qilinganidan so'ng Mourino bilan ziddiyatli munosabatda bo'lib kelgan yarimhimoyachi Pol Pogba ijtimoiy tarmoqlarda g'alati chiqish kelgan edi. U Instagram va Twitter`dagi sahifalariga nimtabassum bilan tushgan suratini joylab, birozdan so'ngi uni o'chirib tashladi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18