logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Malkomning "Al-Hilol"ga o'tishi deyarli aniq bo'ldi

 25 IYUL, 2023, 15:44

"Zenit" hujumchisi Malkomning "Al-Hilol"ga transferi bo'yicha kelishuv deyarli yakuniga etdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manba bergan xabarga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi allaqachon barcha hujjatlarni tayyorlab, "Zenit"ga jo'natgan va piterliklar rahbariyati hozirda ularni tekshirmoqda.

Oldinroq “Zenit” bosh direktori Aleksandr Medvedvev hech qanday bonuslarsiz transfer 60 million evroni tashkil etishi va to'lov ikki bo'lib amalga oshirilishini aytgan edi.

Rossiya terma jamoasi futbolchisining transferi Rossiya futboli tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR