logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:06
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

APL direktori: "Saudiya klublari ham boshqa mamlakat klublari kabi o'yinchilarni sotib olishga haqli"

 25 IYUL, 2023, 15:33

Premer-liga ijrochi direktori Richard Masters Saudiya Arabistoni klublarining transfer siyosati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Shubhasiz, yangi narsa yuz bermoqda. Saudiya Arabistoni ligasi 2030-yilgacha top-10 ligaga kirishni xohlayotganini aytdi. Saudiyaliklar liga va klublar nufuzini oshirish maqsadida futbolchilar va murabbiylarga sarmoya kiritmoqda. Raqobatbardoshlik va daromad darajasiga etishi uchun 30 yil kerak bo'ldi.

Hozir men bu masalada ko'p qayg'urmagan bo'lardim, ammo Saudiya Arabistoni klublari ham boshqa mamlakat klublari kabi o'yinchilarni sotib olishga haqli. Axir Premer-liganing yiliga 6 milliard funt sterling daromadi bor va bu pullar futbolga qayta sarmoya qilinmoqda", - dedi Masters.

Ayni damda Saudiya Arabistoni jahon futbolida mavjud tartibni buzishga harakat qilmoqda.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR