logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kimmix: "Bavariya"da aniq qolaman"

 25 IYUL, 2023, 15:22

Yarim himoyachi Joshua Kimmix "Bavariya"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, jamoada qolmoqda. Bu haqda futbolchi nemis jurnalistlariga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"Keyingi mavsumda "Bavariya"da qolishimga 100 foiz aminman. Boshqa variant yo'q", - dedi futbolchi Bayern & Germany bilan suhbatda.

Avvalroq matbuotda "Barselona" 28 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kimmix 2015 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Joshuaning transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR