logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:21
KirishA'zo bo'lish
Klublar o‘rtasidagi JCH. "Al-Ayn" finalga chiqqan Osiyoning ikkinchi klubi bo‘ldi

19 DEKABR, 07:38 233

Kecha BAAning "Al-Ayn" jamoasi Libertadores kubogi g‘olibi, Argentinaning "River Pleyt" klubiga qarshi bahs olib bordi.

"Hazza bin Zayid" stadionida kechgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi - 2:2. Penaltilar seriyasida esa qit’adoshlarimiz 5:4 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Shu tariqa, Zoran Mamich shogirdlari mazkur musobaqa finaliga chiqqan Osiyoning ikkinchi jamoasi bo‘lishdi. Bunga qadar 2016 yilda Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi ham o‘z uyida o‘tgan musobaqa finaliga qadar etib borgan va hal qiluvchi uchrashuvda "Real"ga mag‘lub bo‘lgan edi - 2:4.

"Al-Ayn"ning finaldagi raqibi esa ertaga bo‘lib o‘tadigan "Kashima Antlers" - "Real" o‘yininidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21