logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:32
KirishA'zo bo'lish
«Oltin to‘p»ni «yerlik» olganda…yoki hammasi 2007 yil boshlangandi

18 DEKABR, 23:57 228

.

Futbol olamining eng nufuzli mukofotlaridan biri bo‘lgan «Oltin to‘p» qatorasiga 10 yil mobaynida Ronaldu yoki Messiga nasib qildi. So‘nggi marta ushbu sovrinni boshqa futbolchi olgani 2007 yilda kuzatilib, o‘shanda braziliyalik yarim himoyachi Kaka eng yaxshi deb topilgandi. Endilikda 2007 va 2018 yillar millionlar o‘yini dunyosida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan shu bir-biriga nisbatan yaqinroq yillarda «Oltin to‘p» Messi va Ronalduga nasib etmadi. Kaka va Luka Modrich muvaffaqiyat davri o‘rtasida ko‘plab diqqatga molik voqealar kuzatilgan. So‘nggi marta «Oltin to‘p» «erlik»ka nasib qilganidan, to xorvatiyalik futbolchi mukofotga ega chiqqan paytgacha nimalar bo‘lgani siz uchun qiziqarlimi? Unda quyidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

2007 yil futbolda

- «Milan» Chempionlar Ligasining hal qiluvchi bahsida «Liverpul»ni yengib, Istanbul finalidagi mag‘lubiyat uchun o‘ziga xos revansh oldi. Mazkur uchrashuvda Filippo Inzagi «dubl» rasmiylashtirdi. «Rossoneri» safida o‘ynagan bo‘lajak «Oltin to‘p» sohibi Kaka YECHLning o‘sha mavsumida 10ta gol urgandi.

- Rossiya termasi «Lujniki» stadionida kechgan dramatik o‘yinda Angliya ustidan irodali g‘alabaga erishgandi. Xiddink boshchiligidagi jamoa darvozasini Vladimir Gabulov qo‘riqlagan bo‘lsa, Roman Pavlyuchenko «dubl» qayd etgandi. Ammo ushbu buyuk muvaffaqiyatdan so‘ng ruslar milliy jamoasi o‘ziga muammolar orttirdi, Yevro-2008 saralashidan xorvatlar tufayli chiqdi: «shaxmatchilar» o‘shanda yangi rekonstruksiyadan chiqqan «Uembli»da inglizlarni yengib, Rossiya termasiga ko‘maklashishgandi.

- Luka Modrich Xorvatiya termasining asosiy futbolchisi bo‘lib ulgurganiga qaramay, hamon Zagrebning «Dinamo»sida o‘ynardi. Ammo ko‘p o‘tmay iqtidorli yarim himoyachi «Tottenxem» safiga qo‘shildi.

- «Zenit» ilk marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi. «Ko‘k-oq-moviylar» jiddiy raqobatda 2018 yilda mamlakat milliy jamoasi bilan mundialda munosib tarzda qatnashgan Stanislav Cherchesovning «Spartak»ini ortda qoldirishgandi.

- Krishtianu Ronaldu xuddi 2018 yilda bo‘lgani kabi, «Oltin to‘p» uchun so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi.

- 2018 yilning eng yaxshi yosh futbol-chisi nomiga munosib ko‘rilgan Kilian Mbappe o‘zining 9 yoshini nishonlab, Tyerri Anri bilan suratga tushgandi.

2007 yil ijtimoiy-siyosiy hayotda

- Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin vafot etdi. Ikkinchi prezidenti Vladimir Putin esa yil oxirida ushbu lavozimga uchinchi rahbar - Dmitriy Medvedevni «tayinlab», uning bo‘lajak saylovlardagi vorisi ekanligini ta’kidladi.

- Bolgariya va Ruminiya Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishdi.

- Janubiy va Shimoliy Koreya sammit o‘tkazib, yarimorolda tinchlik va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashdi.

- Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

2007 yil elektronika va virtual olamda

- Apple kompaniyasi dastlabki iPhone smartfonini chiqardi.

- 2007 yil arafasida Pavel Durov «Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘iga asos soldi. Eng mashhur messenjer maqomini esa ICQ («Aska») o‘zida saqlab qoldi.

2007 yil kino olamida

- «Karib dengizi qaroqchilari: Olamning bir chetida» filmi dunyo kinoprokatlari ro‘yxatida yetakchiga aylandi. Kapitan Jek «Tullak» va jamoa 963 million dollar ishlashdi.

- Garri Potter asari ekranlarga ko‘chdi: «Garri Potter va Qaqnus Ordeni» filmi dunyo yuzini ko‘rdi.

- Eng yaxshi filmga atalgan «Oskar» «Murtadlar»ga nasib qildi, Martin Skorseze esa ushbu kinokartinadagi ishi uchun eng yaxshi rejissyor deb topildi. Amerika Kinoakademiyasi talqiniga ko‘ra, eng yaxshi erkak roli nominasiyasida «Shotlandiyaning so‘nggi qiroli» filmida qatnashgan Forest Uitaker g‘olib chiqdi. Xorijiy tilda yaratilgan eng yaxshi film sifatida «O‘zgalar hayoti» dramasi e’tirof etildi.

- Katta ekranlarda «Transformerlar», uchinchi «Shrek» hamda rejissyor Sem Reymi va bosh rol ijrochisi Tobi Maguayer ishtirokidagi «O‘rgimchak odam» filmlari namoyish etildi.

2007 yil musiQa olamida

- Luchano Pavarotti vafot etdi.

- Britni Spirs mojarolar bilan sahnaga qaytdi. Uning MTV Video Music Awards marosimidagi chiqishi uzoq vaqt yodda qoladigan bo‘ldi: ortiqcha vazn to‘plagan holda chiqish qilgan xonandaning harakatlari fonogramma va raqqosalar harakatiga mos tushmadi.

2007 yil adabiyot olamida

- Joan Rouling millionlab o‘quvchilar oromini o‘g‘irlagan sehrgar bola haqidagi yettinchi kitobni chop ettirdi. «Garri Potter va o‘lim in’omi» yosh Garri to‘g‘risidagi asosiy seriyaga yakun yasadi.

- Nobel mukofoti Doris Lessingga nasib qildi. Uning «Maysa kuylayapti», «Oltin daftar», «Ben odamlar orasida», «Beshinchi chaqaloq», «Sevgi, yana sevgi» asarlari eng yuqori e’tirofga loyiq ko‘rildi.

InterFutbol blogidan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34