logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:24
KirishA'zo bo'lish
Lyucen Favr Liga 1 grandida ish boshlashi mumkin

4 MART, 15:15 79

.

Dortmundning «Borussiya» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lyucen Favr «Lion»ni bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkin.

Frantsuz klubining hozirgi bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning jamoa bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida o'zi yakuniga etadi. Shu bilan birga, «Lion» rahbariyati hali Garsiya borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.

Ammo, shunday o'zgarish yuz beradigan bo'lsa, ushbu lavozimga nomzodlardan biri Favr bo'lib turibdi. Avvalroq, mutaxassisga «Marsel» ham qiziqish bildirgan edi, biroq murabbiy o'tgan yilning dekabr oyida «Borussiya»ni tark etishni istamagan.

Ma'lumot uchun, hozirda «Lion» Frantsiya chempionati turnir jadvalida 59 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27