logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:26
KirishA'zo bo'lish
Odil Hamrobekov «Shabab al-Ahli»ga o'tadimi?

4 MART, 09:35 68

.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda BAAning "Al-Bayan" nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi "Shabab al-Ahli" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ayni paytda BAA chempionatida transfer oynasi yopilgan bo'lsa-da, Reglamentga ko'ra, klub jiddiy jarohat olgan futbolchining o'rniga qo'shimcha futbolchini ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega. Yagona shart: futbolchi ijaraga olinishi kerak.

Shu bois, Hamrobekov "Shabab" klubi jarohat olib, yaqinda operatsiya qilingan Azizjon G'anievning o'rnini egallashi mumkin. Hozirda dubayliklar "Paxtakor" bilan futbolchini ijaraga olish borasida muzokara olib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Shabab al-Ahli" klubi yana bir o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovning Saudiyaning "An-Nassr" klubidan ijaraga olgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28