logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:39
KirishA'zo bo'lish
Sampaoli murabbiylik faoliyatiga qaytdi

18 DEKABR, 22:16 224

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yana ishga qaytdi.

58 yoshli mutaxassis Braziliyaning «Santos» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi. U jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli, Argentina terma jamoasini tark etib, 5 oy davomida ishsiz yurgan edi.

«Santos» klubi Braziliya A Seriyasining 2018 yilgi mavsumida 10-o'rinni egalladi.

Sampaoli murabbiylik faoliyatida Peru, Ekvador, Chili klublarida, shuningdek, «Sevilya»da ishlagan. Bundan tashqari, Chili va Argentina terma jamoalarini boshqargan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34