logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:13
KirishA'zo bo'lish
Pogba quvonchini yashirib o'tirmadi (foto)

18 DEKABR, 22:04 682

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klub bosh murabbiyi Joze Mourinoning iste'foga chiqarilganini quvonch bilan kutib oldi.

Klubning bu boradagi rasmiy bayonoti e'lon qilinganidan ko'p o'tmasdan Pogba Tvitterdagi sahifasiga o'zining suratini joyladi. Unda futbolchi ayyorona tabassum qilib turibdi.

Pol ushbu rasm ostiga quyidagicha yozuv qoldirdi: "Rasmga izoh bering".Ammo oradan ko'p o'tmasdan frantsiyalik futbolchi ushbu tvit va rasmni o'chirib tashladi.

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba va Joze Mourinoning o'zaro munosabatlari yaxshi bo'lmadi. Futbolchi murabbiy tufayli "Old Trafford"ni tark etishni istagandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30