logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

APL. Bir kishi kam o'ynagan "Liverpul" safarda irodali g'alabani qo'lga kiritdi

 27 AVGUST, 2023, 22:36

APLning 3-tur markaziy uchrashuvi so'zsiz "Nyukasl" va "Liverpul" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

O'yinning 25-daqiqasida Gordon "Nyukasl"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 28-daqiqada Virjil van Deyk to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, jamoasini qiyin vaziyatga solib qo'ydi.

Bir kishi kam qolgan "Liverpul" ikkinchi bo'limda o'z omadini raqib jarima maydonchasi ichidan izladi. Avvaliga Nunes 81-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, Darvinning o'zi 90-daqiqada gol kiritib, "Liverpul"ga muhim bo'lgan uch ochkoni olib keldi.

"Nyukasl" – "Liverpul" 1:2

27 avgust, 20.30, «Sent-Djeyms Park»

Gollar: 1:0 – 25 Gordon, 1:1 – 81 Nunes, 1:2 – 90 Nunes.

"Nyukasl" – Poup, Tripper, Sher, Botman (Targett, 87), Bern, Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 72), Almiron, Joelinton (Anderson, 82), Gordon (Barns, 72), Isak (Uilson, 72).

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip (Kuansa, 77), van Deyk, Robertson, Endo (Elliott, 58), Soboslai, Mak Allister (Nunes, 77), Salax, Dias (Gomes, 33), Gakpo (Diogu Jota, 58).

Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (6), Tripper (51), Nunes (85).

Chetlatish: van Deyk (28).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR