logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! "Galatasaroy" futbolchisi Angliyaga ko'chib o'tdi

 27 AVGUST, 2023, 21:42

Angliyaning "Lester" klubi Istanbulning "Galatsaroy" klubi vingeri – 23 yoshli Yunus Akgyunni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda "tulkilar" matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchi Angliyaga 500 ming evrolik ijara shartnomasi bo'yicha ko'chib o'tdi. Ijara muddati joriy mavsum oxirida tugaydi.

"Lester"ning yangi futbolchisining asosiy pozitsiyasi o'ng qanot yarim himoyachisi, biroq u ba'zida qanotni o'zgartirib, markaziy hujumchi sifatida o'ynay oladi. Transfermarkt portali yosh futbolchini 7 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Lester" Chempionshipning dastlabki to'rt turidan so'ng turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. "Tulkilar"da 12 ochko bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR