logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Liverpul" futbolchilari ketma-ket ikkinchi o'yinda qizil kartochka olmoqda

 27 AVGUST, 2023, 21:24

Virjil van Deyk "Nyukasl"ga qarshi o'yinda qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi.

Premer-liganing 3-turi o'yinining 28-daqiqasida himoyachi "Liverpul" jarima maydonchasi atrofida Aleksandr Isakni yiqitdi. Bosh hakam Jon Bruks niderlandiyalik himoyachini chetlatdi.

"Mersisaydliklar" ketma-ket ikkinchi o'yinda ozchilikda qolishdi. So'nggi turda yarim himoyachi Aleksis Makallister "Bornmut" yarim himoyachisi Rayan Kristiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka olgndi. Keyinchalik "qizillar" bu qarorni apellyatsiya berib, bekor qildirishga erishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR